Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji direktori va uning ikki o‘rinbosari o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga asoslanib, UzNews xabar bermoqda.

Foto: UzNews

O‘z vazifasidan ozod qilingan Lutfi Yusupova Borovskiy kollejiga 2008-yildan beri direktorlik qilib kelayotgan edi. Undan tashqari, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha muovini Hilola Bo‘rixo‘jayeva va ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Vezira Hasanova bo‘shatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyun kuni Borovskiy nomidagi kollej 2-kurs o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Xabarlarga ko‘ra, u 3-may kuni bo‘lgan mushtlashuvda og‘ir jarohat olgan.

Hodisa yuzasidan kollejning 2-kurs o‘quvchisi Islombek To‘laganov qamoqqa olingan, tergov ishlari O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Mavzuga doir: