6-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Xabar berishlaricha, Azimov “O‘zbekinvest” rahbari etib tayinlangan.
2. Jasurbek Ibrohimovning o‘limidan so‘ng Borovskiy kolleji rahbariyati ishdan olindi. Lutfi Yusupova 2008-yildan beri kollejga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
3. Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin. O‘z navbatida, Prezident GM Uzbekistan avtomobillari uchun aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizgacha pasaytirdi.
4. “O‘zbekiston JCh uchun tayyormi?! Eron hozir bizdan kuchli”. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov bilan suhbat.
5. Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimov bilan qonunan ajrashganini ma’lum qildi. Sharof Muqimov esa turmush o‘rtog‘ining bu bayonotini rad etdi.