Xonanda Sharof Muqimov turmush o‘rtog‘i Sevinch Mo‘minova bilan qonuniy ajrashgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Avvalroq xonanda Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimov bilan qonuniy tarzda ajrashganini ma’lum qilgan edi. Sevinch Mo‘minova bu haqda 5-iyun kuni “Shok.uz” saytiga intervyu bergan bo‘lib, 6-iyun kuni ajrim bo‘yicha sud bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.
Sharof Muqimovning so‘zlariga ko‘ra, u haqiqatan ham Sevinch bilan ajrashish uchun sudga ariza bergan, biroq hali “ajrashgani yo‘q, hali ularni sudga ham chaqirishmagan”.Yosh bola vaqtimiz kattalar bizga ertak aytardi — men va Sevinchning ajrashganimiz haqidagi gaplar esa kattalarning ertagidan bo‘libdi.Sevinch Mo‘minova 2016-yilning dekabr oyida bergan intervyularining birida Sharof Muqimovga xusumati yo‘qligi, u bilan qonunan ajrashib ketsa ham, “hali turmushga chiqish niyatim yo‘q”ligini ma’lum qilgan edi. Sharof Muqimov esa 2016-yil avgustida bergan intervyusida “kimga, qachon uylanishimni vaqt ko‘rsatishi”ni aytib o‘tgan edi.Jahlim chiqqanida, nimadandir siqilganimda yo boshqa bir sabab bilan har xil gap-so‘zlarni aytib yuborsam bo‘lardi. Ammo o‘tgan baxtli kunlarimiz, Sevinch farzandimning onasi ekanligini o‘ylab, har qanday vaziyatda ham o‘zimni tutib turaman. Boshqalar bizning oilamiz haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplar aytishiga imkoniyat yaratib qo‘yishdan qo‘rqaman.
Bizni muhokama qilayotganlarga esa ular avvalo o‘z oilasi bilan mashg‘ul bo‘lib, oilaviy tashvishlari bilan kuyib-yonishsin, degan bo‘lardim.
Ajrashish haqida sudga ariza berganmiz, ammo ajrashganimiz yo‘q — hali bizni sudga ham chaqirishmadi.
Sharof Muqimov, xonanda
Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010 yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor.