Buyuk Britaniya hukumati 2017-yili aksilterror idorasining budjetini jiddiy tarzda qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirligining matbuotga yetib borgan hujjatlariga ko‘ra, xavfsizlik va terrorga qarshi kurash boshqarmasi (OSCT) budjeti 856 million funt sterlingdan (1,1 milliard dollar) 824 million funt sterlingga (1 milliard dollar) qisqartiriladi.
Idora terrorga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanib, Britaniya kontrrazvedka xizmati (MI5), tashqi razvedka xizmati (MI6) va politsiya o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa hisoblanadi. Boshqarma xodimlari terrorchilar ro‘yxatlarini tuzish va ularni fosh qilish bilan ham shug‘ullanadi.