Avstraliyaning Olberi shahri aeroportida havo kemasi hojatxonasida bomba haqidagi yolg‘on tahdidli xat topilgandan so‘ng yo‘lovchilar samolyotni tark eta boshladi. Bu haqda politsiyaga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bortida 42 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot evakuatsiya qilingan, bir nafar erkak hibsga olingan.
“Hech narsa topilmadi, hech kim uchun tahdid yo‘qligi aniqlandi”, — deydi politsiya vakili.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, kimdir “Bagajlarni qoldiring. Samolyotni tark eting, qoching”, — deganini eshitgan. Yo‘lovchilar uchish-qo‘nish yo‘lagiga sakray boshlagan.