AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida mamlakat adliya vazirligi musulmon davlatlaridan odamlarning kirishini taqiqlovchi qonun yuzasidan eshituvlarni tezlashtirishi lozimligini yozdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Odamlar, yuristlar va sudlar buni xohlaganday atashi mumkin, ammo men uni o‘z nomi bilan kirishga taqiq deb atayman!”, — deb yozdi davlat rahbari.
In any event we are EXTREME VETTING people coming into the U.S. in order to help keep our country safe. The courts are slow and political!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) June 5, 2017
Shuningdek, Tramp adliya vazirligi oliy sud muhokamasiga qonunning asl nusxasini emas, “yumshatilgan” ko‘rinishini kiritganidan afsusdaligini bildirdi.