Avstraliyaning Adelaida shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida dunyodagi eng keksa yalqov 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Miss Si laqabli urg‘ochi yalqov 1974-yili tug‘ilgan edi. Oxirgi vaqtlarda yoning sog‘lig‘i yomonlashgan edi. 2-iyun kuni hayvonot bog‘i xodimlari keksa jonivorni emlab, azoblarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
“Yovvoyi tabiatda yalqovlarning o‘rtacha umr davomiyligi 10–12 yilni tashkil qiladi. Miss Si chinakam fenomen va o‘z turining eng keksa vakili edi”, — ma’lum qildi soha mutaxassisi Fil Eynsli.
Miss Si Avstraliya hayvonot bog‘laridagi oxirgi yalqov edi.
Izoh (0)