Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyga murojaat parodiyalari tanlovining dastlabki g‘oliblarini taqdirladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aleksey Navalniy Usmonovni korrupsion sxemalarda ishtirok etishda ayblaganidan so‘ng biznesmenning javob murojaati internetda mashhur bo‘lib, ko‘plab memlar va parodiyalar keltirib chiqargan edi. Shunda biznesmen parodiyalar va hazillar tanlovini e’lon qilgan edi. U har hafta g‘oliblarni iPhone 7Plus hamda mem va dastxati tushirilgan futbolka bilan taqdirlashini bildirgan edi.
Hafta yakunlariga ko‘ra u biryo‘la uch kishini mukofotladi.