Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II shahar chetidagi Vindzor qarorgohida London shahridagi terakt qurbonlarining xotirasini yod etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bugun ertalab Hazrati Oliyalari Vindzordagi cherkovda bo‘lib, Londondagi teraktda qurbonlari xotirasini yod etdi va jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatladi”, — ma’lum qildi Bukingem saroyi matbuot xizmati xodimi.
4-iyunga o‘tar kechasi avtofurgondagi noma’lum shaxslar London ko‘prigidagi piyodalarga urildi, keyin ularga pichoq bilan hujum qildi. Keyinroq Boro bozorida ham pichoq bilan hujum qilinganligi qayd etildi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida yetti kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)