O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi Maksim Shatskix Kiyevning “Dinamo” klubi asosiy tarkibi bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Shatskix bunda katta murabbiy vazifasida faoliyat olib boradi va belaruslik bosh murabbiy Aleksandr Xatskevichga yordam beradi. Bunga qadar u “Dinamo” o‘rinbosarlari bilan ishlab kelayotgan va jamoasiga “Nasaf” futbolchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz G‘aniyevni taklif qilgandi.
Bosh murabbiy Aleksandr Xatskevich va katta murabbiy Maksim Shatskix “Dinamo” eng “gullagan” davrda birga to‘p surgani uchun ham, murabbiy sifatida yaxshi tandem bo‘la olishi taxmin qilingan.
Izoh (0)