Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

General Motors, mamlakat rasmiylari korxona ishiga taqiq qo‘ygani va mol-mulkini musodara qilganidan so‘ng, Venesueladagi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Trend

Foto: Trend

“Venesuela Oliy sudi GM tomonidan berilgan da’voni qaytarganidan so‘ng, mamlakat rasmiylarining himoyaga bo‘lgan qonuniy huquqqa nisbatan bepisand qarashi namoyon bo‘ldi. Kompaniya ish o‘rinlari yaratish, Venesuela iqtisodiyotining barcha sektorlari mobilligini ta’minlashga qo‘shgan hissasidan 69 yil o‘tib, o‘z faoliyatini to‘xtatadi”, — deyiladi bayonotda.

General Motors’ning Venesuela shimolidagi Valensiya shahrida joylashgan korxonasida 2,6 mingdan ortiq kishi ishlardi. Kompaniya uning ishi to‘xtatilganidan ko‘riladigan zarar 100 million dollarga yetishini taxmin qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi