Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh matbuotini RF ichki siyosatiga aralashuvni bas qilishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur bayonotni Rossiya prezidenti Sankt-Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forum chog‘ida berdi.
“Aralashuvga kelsak — hamkasblaringiz bizda nima qilayotganini ko‘rsangiz edi. Ular oyoqlari bilan ichki siyosatimizga kirib olgan, boshimizga o‘tirib olgan, oyoqlarini osiltirib saqich chaynab o‘tiribdi”, — dedi Putin NBC News teleboshlovchisi Megin Kelliga murojaat qilib.
“Bu tizimli, yillar mobaynida to‘xtamaydigan qo‘pol aralashuvdir, hatto diplomatik idoralar darajasida ular ichki siyosatimizga aralashmoqda. Bas qiling”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)