1-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomani (Ashxobod, 2017-yil 6-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Qonun matni “Xalq so‘zi” gazetasining saytida keltirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnoma (Ashxobod, 2017 yil 6 mart) ratifikatsiya qilinsin”, — deyiladi qonun matnida.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 17-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 27-mayda ma’qullangan edi.
Izoh (0)