Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Sankt-Peterburgning “Zenit” klubini qabul qilib oldi. Shartnoma uch yilga mo‘ljallangan, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Foto: “Zenit”

Foto: “Zenit”

Vaziyatga qarab shartnoma yana ikki yilga uzaytirilishi ham mumkin. Buning uchun Manchini “Zenit”ni muvaffaqiyatli boshqarishi kerak bo‘ladi.

Manchiniga qadar “Zenit”ni ruminiyalik Mircha Luchesko boshqarib kelayotgandi. Mutaxassis bilan shartnoma 2+1 ko‘rinishida tuzilgan bo‘lsa-da, Luchesko “Zenit”da bir yil ishladi. Klub prezidenti etib Sergey Fursenko tayinlangach, Luchesko bilan shartnoma bekor qilindi.

“Zenit”da o‘z vaqtida Dik Advokat, Luchano Spaletti, Andre Villash-Boash kabi mashhur murabbiylar ham faoliyat olib borgan.

52 yoshli Roberto Manchini murabbiy sifatida “Fiorentina” va “Latsio” bilan bir marta, “Inter” bilan ikki marta Italiya kubogida g‘olib chiqqan. “Inter” ketma-ket uch marta skudettoni yutishiga sababchi bo‘lgan, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

“Manchester Siti”dagi faoliyati davomida Manchini Angliya chempionligi, kubogi va Superkubogini yutdi, “Galatasaroy” bilan Turkiya kubogida g‘olib chiqdi.

Shunga qaramay, Manchinining yevrokuboklardagi natijalari qoniqarli emas. Endilikda murabbiy katta sovrinlarga “Zenit” bilan ega chiqishga harakat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)