Gonkong ikkinchi yil ketma-ket dunyoning eng raqobatbardosh iqtisodiyotlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Xalqaro menejment taraqqiyoti institutining 31-may, chorshanba kuni taqdim etgan hisoboti guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.
Yetakchilar uchligiga Shveysariya va Singapur ham kirdi. AQSh ro‘yxatda bir pozitsiyaga pastga tushdi va to‘rtinchi qatorni egalladi. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini Niderlandiya, Irlandiya, Daniya, Lyuksemburg, Shvetsiya va Birlashgan Arab Amirliklari egalladi.
Xitoy 25-o‘rindan 18-o‘ringa ko‘tarildi va Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi. Rossiya esa ikki pozitsiyani yo‘qotib, 46-o‘rindan joy oldi.
Braziliya, Mo‘g‘uliston va Venesuela 63 ta mamlakat va hudud kirgan ro‘yxatning oxirgi o‘rinlarini egalladi.
Ushbu reyting uchta guruh: iqtisodiy ko‘rsatkichlar, hukumat samaradorligi, biznes samaradorligi va infratuzilmalar holatiga ajratilgan 340 ta mezonga asoslanib tuzilgan.
Izoh (0)