2018-yili Londonda Kings-Kross vokzali yaqinida Google kompaniyasining yangi shtab-kvartirasi qurilishi boshlanadi. Kompaniya 2013-yili AHMM loyihasidan voz kechganidan buyon yangi rejalar ustida Bjarke Ingels Group va Heatherwick Studios ishlagan edi.
Yangi binoda 4 mingdan ortiq odam ishlaydi. Uning tomida bog‘, shuningdek, bino ichida yugurish yo‘lagi, uch chiziqli hovuz, 210 kishilik konferens-zal va do‘konlar bo‘lishi rejalashtirilgan. Bino 11 qavatli bo‘ladi.
Ayni paytda kompaniyaning London filiali xodimlari shahar bo‘ylab sochilib ketgan bir necha ofisda ishlamoqda. Yangi bino AQShdan tashqaridagi Google’ga to‘liq tegishli birinchi bino bo‘ladi.
TJournal yangi bino qanday bo‘lishini aks ettirgan suratlarni taqdim etdi.
Izoh (0)