Rossiya MMA ittifoqi aralash qoidalar sportida shug‘ullanib kelayotgan aka-uka sportchilar — Gajimurad va Gamzat Xiramagomedovlarni sportdan umrbod chetlatdi.
Qozog‘iston poytaxti Astana shahri mezbonlik qilgan Fight Nights Global musobaqasi vaqtida jiddiy janjal kelib chiqdi, deb yozdi “Karate.ru” nashri. Hammasi yarim-o‘rta vazn toifasida chempionlik uchun kurashayotgan Gajimurad Xiramagomedov hamda Georgiy Kichigin o‘rtasidagi jangdan so‘ng boshlangan.
Jang tugagach, g‘oliblik alohida qaror evaziga Kichiginga berilgan. Bundan norozi bo‘lgan Gajimurad yordam uchun akasi Gamzatni chaqirgan hamda yuqoridagi qarorga sababchi bo‘lgan Rossiya MMA ittifoqi prezidenti Radmir Gabdullin joylashgan otelga yo‘l olgan. Aka-ukalar vitse-prezident xonasiga bostirib kirib, uni do‘pposlashgan. Oqibatda Gabdullin jag‘ining ikki karra sinishi hamda miya chayqalishi bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Rossiya MMA prezidenti og‘ir vazn toifasidagi afsonaviy jangchilardan biri Fyodor Yemelyanenko hisoblanadi.
Jabrlanuvchining ayoli Darya Ivanova turmush o‘rtog‘i jiddiy jarohatlangani va uni davolatgani Moskvaga yo‘l olgani, samolyotda esa ahvoli yanada og‘irlashganini qayd etgan.
Izoh (0)