Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga nisbatan muqaddam joriy etilgan bir qator iqtisodiy cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ular 2015-yil 28-noyabrdagi prezident farmoni bilan joriy etilgan edi. O‘sha paytlarda Rossiya samolyotining urib tushirilishi bilan bog‘liq mojaro tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqlik tushgan edi.
Endilikda Turkiya kompaniyalarining Rossiya hududida ishlashi, shuningdek, Rossiya Turkiya fuqarolarining ishga olinishi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilindi.
Shuningdek, Putin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi vizasiz safarlarni qisman tiklashga ko‘rsatma berdi.