Internetda iPhone 8 smartfonining o‘lchamlari haqidagi yangi ma’lumotlar, shuningdek, ularga asoslangan yangi suratlar chop etildi. Suratlarni bu mavzuda ishonchli yangiliklarni berib boradigan dizayner Benjamin Geskin taqdim etdi. “Hi-Tech.Mail.ru”ga ko‘ra, iPhone 8 iPhone 7 dan ko‘ra yirikroq, qalinroq va og‘irroq bo‘ladi.
iPhone 8 143,59x70,94x7,57 millimetr o‘lchamga ega bo‘ladi. Shuningdek, smartfon iPhone 7 Plus’dan qalinroq bo‘ladi (158,2x77,9x7,3 millimetr).
iPhone 8 iPhone 7 Plus’dan kichikroq bo‘lsa ham, uning ekrani hajmi iPhone 7 Plus’ga yaqin bo‘ladi — bunga hoshiyalarning yo‘qligi hisobidan erishiladi.
Ilgari xabar qilinganidek, iPhone 8 u chetdan bu chetgacha boradigan OLED-ekranga, displeyga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneriga, vertikal qo‘shkameraga va shishali korpusga ega bo‘lishi mumkin.
Anons 2017-yili 17-sentabr kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh (0)