Professional boksdagi dastlabki ikki jangini g‘alaba bilan yakunlagan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov 60 kun davomida ringga ko‘tarila olmaydi. Bu haqda “Olamsport” sportchining ustozi Abror Tursunpo‘latovga asoslanib ma’lumot berdi.
Fazliddinning navbatdagi jangi taxminan avgust oylarida o‘tkaziladi. Chunki ayni paytda unda jarohat bor. Biz promouter Bob Arumga reytingi baland bokschilarga qarshi jangga tayyor ekanimizni ma’lum qildik. Fazliddinning harakatlari unga juda ma’qul. Iyul oyida raqib kim bo‘lishi ma’lum bo‘lib qoladi.Fazliddin G‘oibnazarov har ikki jangini ham amerikalik sportchilarga qarshi o‘tkazdi. U birinchi jangida raqibini ikkinchi raunddayoq mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchisida ochkolar hisobi bo‘yicha zafar quchgandi.Abror Tursunpo‘latov, boks murabbiyi
Izoh (0)