Livan rasmiylari Gollivudning “Mo‘jizaviy ayol” superqahramonlik filmini taqiqlashni talab qilmoqda. Filmda bosh rolni isroillik aktrisa Gal Gadot ijro etgani bunga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Livan iqtisodiyot vazirligi vakillari mahalliy xavfsizlik organlariga murojaat qilib, filmni taqiqlashni so‘raganini bildirdi.
O‘z navbatida, huquq-tartibot idoralari vakillari rasmiy taqiq uchun olti vazirlikdan iborat qo‘mita tavsiyasi talab etilishini bildirdi.
Ayni paytda Bayrutda kamida bitta kinoteatrda filmning dastlabki namoyishlari bo‘lib o‘tayotgani ma’lum.
Livanda Isroil mahsulotlarini boykot qilishni, livanliklarning Isroilga borishini taqiqlashni belgilovchi qonun amal qiladi.
Izoh (0)