Germaniyaning Brandenburg yeri politsiyasi suriyalik 17 yoshli qochqinni ushladi. U Berlinda terakt tayyorlashda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, o‘smir qarindoshlariga xayrlashuv xabarini yo‘llab, unda jihodga qo‘shilganini bildirgan.
Qochqinning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, u Germaniya hududiga 2015-yili qochqin sifatida kirib, 2016-yildan boshlab voyaga yetmagan, kuzatuvchilari yo‘q qochqinlar uchun boshpanada yashab kelgan.
Izoh (0)