Amerikaning Viskonsin shtatida Xotira kuni sharafiga o‘tkazilayotgan paradda uch kishi jiddiy jarohat oldi. Egasining buyrug‘iga bo‘ysunmay qo‘ygan poni ommaga qarab yugurib ketdi. Bu haqda ABC xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Telekanal hayvonning o‘zini bunday tutishiga mushaklar ovozi yoki ular tomonga bolalar uloqtirgan tennis sharlari sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, ponini to‘xtatib qolishga urinishlarga qaramasdan, unga qo‘shilgan izvoshlar ommaga borib urilgan.
Hodisa oqibatida uch kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari — 77 yoshli erkak va to‘qqiz yoshli bola shifoxonaga yetkazilgan. Poni yuz bergan hodisadan so‘ng veterinarga yuborilgan.
Izoh (0)