Gigu brendi asoschisi, dizayner Gulchehra Yunusova Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mercedes-Benz Fashion Week 2017 haftaligida ishtirok etdi, deb xabar berdi “MyDay.uz”.

Foto: MyDay.uz

Foto: “MyDay.uz”

Dizayner haftalikda o‘zining so‘nggi Indigo liboslar to‘plami bilan qatnashdi. To‘plamdan 12 ta libos o‘rin olgan. Gulchehra Yunusova bundan avval Boku shahrida Baku Fashion Week haftaligida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan edi.

Shuningdek, mazkur haftalikda Gulchehra Yunusovadan tashqari O‘zbekiston modasini keng omma hukmiga Liza Manner, Sabina Nazar, Anor Atelier, Behzod Saitov kabi o‘zbek brendlari “Sharq liboslari” namoyishida taqdim etdilar. Mercedes-Benz Fashion Week 2017 haftaligi — moda olamida eng muhim hodisalardan biri va butunjahon feshn ko‘rgazmalari taqvimida munosib joy egallaydi.

Foto: MyDay.uz

Foto: “MyDay.uz”

Foto: MyDay.uz

Foto: “MyDay.uz”

Foto: MyDay.uz

Foto: “MyDay.uz”