Iroq qurolli kuchlarining maxsus topshiriqli bo‘linmasi IShID terrorchilik guruhining Mosulning g‘arbiy qismidagi so‘nggi tayanchiga hujumni boshladi. Bu haqda maxsus topshiriqli bo‘linma qo‘mondoni general Abdulg‘ani al-Asadiy ma’lum qildi, deb xabar qiladi “TASS”.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbiy Mosul dahalarini ozod qilish operatsiyasi 27-may, shanba kuni tongda boshlangan. Iroq qurolli kuchlari jangarilar G‘arbiy Mosul umumiy hududining faqat 5 foizini egallab turganini ma’lum qildi.
Oldinroq Iroq Harbiy-havo kuchlari Mosulga aholini shahar markazini tark etishga chorlovchi varaqalar tashlab ketgani xabar qilingandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.