2018-yili Tailandda SIM-kartalar egalari barmoq izlarini topshirishi bilan bog‘liq talab joriy etiladi. Bu haqdagi qarorni milliy teleradiouzatish komissiyasi qabul qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Komissiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, bu mamlakatda xavfsizlik chora-tadbirlarini oshirishga yordam beradi.
Barcha provinsiyalarda barmoq izlarini to‘plash tizimi 2018-yil 1-yanvardan qabul qilinadi.
“Barcha mobil telefon foydalanuvchilari ro‘yxatdan o‘tishda ishtirok etishi shart, aks holda xizmat o‘chirib qo‘yiladi”, — ma’lum qildi komissiya rahbari Takorn Tantasit.
Uning so‘zlariga qaraganda, yil oxiriga qadar abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarida daktiloskopik axborot to‘plash uchun 30 ming skaner o‘rnatiladi.
Izoh (0)