Suriya va Iroq hududida IShID terrorchi guruhining uch yetakchisi yo‘q qilindi. AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasining zarbalari chog‘ida guruhning rahbariyati vakillari o‘ldirildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“IShIDning xorijlik uch yetakchisining yo‘q qilinishi uning rejalashtirish va jangovar harakatlardagi imkoniyatlari zaiflashganidan dalolat beradi”, — ma’lum qildi AQSH markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM).
Yo‘q qilingan yetakchilardan biri Mustafo Gunesh bo‘lib, u chet eldagi operatsiyalarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan; u 27-aprel kuni o‘ldirildi. 11-may kuni Mayadin shahrida Abu Osim al-Jazoiriy yo‘q qilindi. U ham chet eldagi operatsiyalarni o‘tkazar va yangi jangarilarni tayyorlar edi. Nihoyat, 18-may kuni Iroqdagi al-Qaym shahrida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida Abu Xattob ar-Roviy o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.