Rossiyaning Tatariston respublikasi musulmonlar diniy boshqarmasi ushbu din vakillari uchun maxsus mobil tarif ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Masalan, ‘Kun hadisi’ yoki nasihat tarqatmasiga ulanish mumkin bo‘ladi. Agar bayram bo‘lsa, biz sizlarni tabriklaymiz”, — tushuntirdi respublika muftiysi Komil Samig‘ullin.
Bundan tashqari, tarifda “namozga uyg‘ot” xizmati bo‘ladi.
“Kollektorlar go‘shakni ko‘targuningizgacha tinimsiz qo‘ng‘iroq qilib azob berishini tasavvur qiling. Bunda ham shunday prinsip. Telefon sizga chiroyli qilib aytadi: uyg‘on, namoz o‘qish kerak”, — qo‘shimcha qildi muftiy.
Izoh (0)