Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi strukturasida Tadbirkorlik faoliyati asoslariga o‘rgatish bo‘yicha respublika markazi tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 18-apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Markaz xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalar amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari tashkil etadi. Ularga biznes yuritish, biznes-rejalar ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati, menejment, moliyaviy boshqaruv sohasidagi qonunchilik asoslari va boshqa muhim yo‘nalishlar o‘rgatiladi.
Tadbirkorlar markazdan kadrlar to‘plash va ularning malakasini oshirishda ko‘mak oladi.
Yangi markaz quyidagi manzilda joylashadi: Toshkent, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy.
Izoh (0)