O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix 2009-yil Kiyevning “Dinamo” klubi bilan qanday xayrlashgani haqida aytib berdi. Uning bu boradagi fikrlari “Futbol24” nashrida chop etilgan.
2009-yil “Dinamo”ni rossiyalik mutaxassis Yuriy Syomin qabul qilib olgach, Maks jamoadan ketishga majbur bo‘lgandi. O‘z vaqtida “Lokomotiv” bilan muvaffaqiyatli ishlagan mutaxassisning Kiyevdagi jamoasida Shatskix uchun joy yo‘q edi.
Syomindan xafa emasman. U murabbiy va kim o‘ynashini o‘zi hal qiladi. Shunchaki muxlislar bilan xayrlasha olmaganimdan xafa bo‘lganman. Ishqibozlar men uchun banner tayyorlab qo‘yishgandi, chunki “Dinamo”dan ketishimni hamma bilardi. Ammo o‘yinni tribunadan tomosha qilishga majbur bo‘ldim.Maksim Shatskix uchrashuvni muxlislar qatorida kuzatgan bo‘lsa-da, Kiyevdagi 10 yili bekor ketmaganini tushungani haqida aytdi.Murabbiy nega bunday qilganini hozirgacha tushunmayman. Savolga javobni o‘qish men uchun qiziq bo‘lardi.
Maksim Shatskix, “Dinamo” sobiq futbolchisi
“Dinamo” uchun Yuriy Pavlovichdan ko‘proq ish qildim deb o‘ylayman. Odamlar xayrlashayotganda ham hurmatni yo‘qotmasligi kerak. Men har o‘yinda qo‘llab turgan muxlislar bilan maydonda xayrlasha olmadim. Ammo tribunada o‘tirib ham bu jamoa uchun 10 yil umrim bekor ketmaganini his qilgandim.Ma’lumot uchun, Shatskix ayni damda “Dinamo” yoshlariga murabbiylik qiladi. U yaqindagina “Nasaf” vakili Aziz G‘aniyevni jamoaga taklif qilgandi.Maksim Shatskix, “Dinamo” sobiq futbolchisi
Izoh (0)