Jared Kushner va Ivanka Tramp Vashingtonga AQSh prezidenti Donald Trampning birinchi xorijiy safari tugashidan oldinroq qaytadi. Bu haqda, The Hill nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Prezident ma’muriyatida maslahatchi lavozimini egallab turgan juftlik AQShga 25-may kuni qaytadi.
Tramp ma’muriyatidagi amaldorlardan birining aytishicha, Kushner safarning birinchi qismini rejalashtirish va nazorat qilishda yordam bergan. Birinchi qism Saudiya Arabistoni, Isroil va Vatikan safarlarini o‘z ichiga olar edi. Shu bois u rafiqasi bilan Vashingtonga ertaroq qaytishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, mazkur uch tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad uch dinning muqaddas dargohlarini ziyorat qilib, ularning yetakchilarini terrorga qarshi kurashga yanada faolroq jalb qilish edi.