Buyuk Britaniyada “Manchester Arena” stadionidagi teraktga aloqador yettinchi odam hibsga olindi. Bu haqda huquqni muhozafa qilish organlariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot xodimlari ma’lumotlariga qaraganda, gumonlanuvchi Uorikshir grafligi, Naniton shahridagi tintuv davomida hibsga olingan.
Politsiya jinoiy guruhni tekshirayotganligini ma’lum qildi.
ABC News telekanali Manchesterdagi terakt ijrochisi sifatida gumonlanayotgan Salmon Obidiyning uyidan bombalar tayyorlash uchun o‘ziga xos ustaxonasi topilganligini ma’lum qildi.
Avvalroq Manchester shimolidagi maxsus operatsiya davomida terakt tayyorlashdagi oltinchi gumonlanuvchi qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgan edi. Beshinchi gumonlanuvchi esa Uigan shahrida qo‘lga olingandi.
Izoh (0)