Klassik avtomobillar bilan ishlashga ixtisoslashgan ClassicCars portali AQShning eng ommabop kolleksiya mashinalarini e’lon qildi, deb yozadi “Motor”.
Reyting tashkilot saytidan butun 2016-yil davomidagi (barcha shtatlardan) qidiruv so‘rovlaridan kelib chiqib tuzildi.
Portaldan klassik Ford Mustang’ning turli yillarda chiqarilgan modellari eng ko‘p qidirilganligi aniqlandi. Ikkinchi o‘rindan Chevrolet Impala, uchinchi o‘rindan esa Camaro joy oldi.
Ulardan keying o‘rinlarni Chevrolet Corvette, Dodge Charger va Ford Thunderbird avtomobillari egalladi.
Sayt orqali qidiruvlar bo‘yicha birinchilikni egallagan yagona amerikacha bo‘lmagan brend Mercedes-Benz bo‘ldi. Konnektikutda 250SE modeli eng ko‘p qidirilgan.
2016-yil davomida saytda Mustang’lar qidiruvi bo‘yicha 3 736 942 ta murojaat qayd etilgan. Amerikada ishlab chiqarilmagan mashinalar orasida Volkswagen minivenlari eng ommabop ekanligi aniqlandi.
Izoh (0)