AQSh zarur deb hisoblagan taqdirda Eron, Suriya va KXDRga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llashga tayyor. Bu haqda moliya vaziri Stiven Mnuchin AQSh Kongressi Vakillar palatasi daromadlar va xarajatlar bo‘yicha qo‘mitasida chiqish qila turib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Moliya vazirligi yangi cheklovchi choralar tayyorlash yuzasidan ish olib bormoqda.
“Amerikaliklarni himoya qilish maqsadida Eron, Suriya va KXDRga qo‘shimcha sanksiyalarni joriy etish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, — dedi Mnuchin.