Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida ko‘mir konini suv bosishi oqibatida 6 nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” agentligiga ko‘ra, yer ostida qamalda qolgan yana 5 nafar konchi qutqarildi va tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Hodisa Tayyuan shahar okrugining Sinsyuy uyezdidagi ko‘mir konlaridan birida ro‘y berdi. Hozirda qutqaruv operatsiyasi yakunlangan bo‘lib, voqea sabablarini o‘rganish yuzasidan tekshiruv boshlandi.