Leningrad viloyati huquq-tartibot xodimlari 23-mayga o‘tar kechasi Gatchinsk tumani “Bolshoye Reyzino” qishlog‘ida joylashgan otxonada yuz bergan daxshatli yong‘in sabablarini aniqlamoqda, deb yozadi “Vesti.ru”.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan tungi soat 02:00 larda boshlanib, tonggi beshdagina uni bartaraf qilishga erishildi.
Olov uch ming kvadrat metr maydonga tarqaldi. Yong‘in oqibatida 17 ta ot tiriklayin yonib ketdi. Favqulodda holatga aynan nima sabab bo‘lganligi tergovchilar tomonidan aniqlanmoqda.
20 ta ot va bir nechta toyni qutqarib qolishga erishildi. Ot fermasi yong‘in oqibatida barcha mulkini yo‘qotganligi ta’kidlanmoqda.