Britaniyaning Bridport shahridagi oila to‘rt kun ichida oltita yotoqxonali uy qurishga erishdi. Bu haqda 22-may, dushanba kuni The Independent nashri xabar berdi.
Richard, Nikki va ularning ikki farzandi Londondan Dorset grafligiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Oila okrugda didiga mos uy topa olmadi va uni mustaqil qurishga qaror qildi. Britaniyalik ekologik toza materiallarni qo‘llashni rejalashtirdi va ko‘p pul sarflamasdan qisqa vaqt ichida ulgurishga harakat qildi.
Uy karkasi uchun panellar Bavariyada joylashgan firma tomonidan avvalroqdan tayyorlangan. To‘rt kun ichida uy uchun mo‘ljallangan hududda uch qavat va tom barpo etildi. Apartamentlar o‘rmon bilan o‘ralgan, bog‘da esa basseyn joylashgan. Natijada oila uy uchun 1,2 million funt sterling (1,5 million dollar) sarfladi.
Izoh (0)