Sudan janubi-g‘arbidagi Nyala shahrida joylashgan o‘q-dori omborida 21-may, yakshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 67 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy harbiylar va shifokorlarga tayanib, France-Presse agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan biroz avval ombor binolaridan birida qisqa tutashuv yuz bergan.
Hozir favqulodda holat hududida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)