21-may kuni Ar-Riyodda terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlagan sammitning ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Meduza.
Marosimda AQSh prezidenti Donald Tramp, Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saud nurli globus oldida suratga tushdi. Surat biroz g‘alati ko‘rinish olgan: mamlakat rahbarlari o‘zidan nur taratayotgan shar atrofiga to‘planib, unga qo‘llarini qo‘ygan, Donald Tramp hatto ko‘zini yumgan.
Twitter foydalanuvchilari ularni kino va komikslardagi yovuz kimsalarga qiyoslab, surat ostiga turli izohlar qoldirdi.