IShID terrorchi guruhi o‘z jangarilariga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda, SITE monitoring guruhi axborotiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, jangarilar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlari joylashgan yerni fosh qilib qo‘yishi mumkin. Aynan shu bois bu taqiq joriy etilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ilgari IShID chekish, matematika, gumanitar fanlar va musiqaga taqiqlar joriy etgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)