Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turidan joy olgan “Manchester Yunayted” — “Kristal Pelas” o‘yinidan so‘ng jurnalistlar mezbonlar ustozi Joze Mourinyoga bitta ham savol bermadi.
Anjumanga 2—3 nafar jurnalist tashrif buyurgandi. 21-may kuni jurnalistlarning asosiy qismi “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Tottenhem” va ayniqsa “Liverpul” hamda “Arsenal”ning o‘yini bilan band bo‘lib qoldi deyish mumkin.
Savol berilmaganidan keyin Mourinyo “Yaxshi, xayr yigitlar”, — deb, zalni tark etdi.