O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Farrux Tursunov Jey liga 12-turidan joy olgan “Jubilo Ivata” — “Kavasaki Frontale” uchrashuvini stadionning o‘zidan tomosha qilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘FF xodimi Sherzod Egamberdiyev o‘zining Facebook’dagi sahifasiga Farrux Tursunovning o‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayevni yo‘qlayotgani aks etgan suratni joyladi. Bu holat “Kavasaki Frontale”ga qarshi uchrashuv oldidan bo‘lgandi.
Bellashuv “Jubilo Ivata”ning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetdi. Ayni paytda Fozil Musayev to‘p suradigan klub 18 jamoa orasida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Fozil Musayevga qadar o‘zbekistonlik futbolchilarga Yaponiya Jey ligasida to‘p surish nasib qilmagan. Bu borada u birinchi o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.
Izoh (0)