Forbes’ning 2017-yilgi milliarderlar global reytingiga 2064 kishi kirdi, shularning 2,9 foizi (42 erkak va 18 ayol) oila qurmagan, deb yozadi nashr.
Aleksandra Andresen
Yoshi: 21
Boyligi: 1,2 milliard dollar
Otasi, investor Yoxan Andresen unga va singlisiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan. Kompaniyaning o‘zini hamon otasi boshqaradi, Aleksandra kompaniyada ishlamaydi.Gustav Magnar Vitze
Yoshi: 23
Boyligi: 1,6 milliard dollar
Otasi Gustav Vitze Salmar ASA kompaniyasining 47 foiz aksiyalarini sovg‘a qilgan.Jon Kollison
Yoshi: 26
Boyligi: 1,1 milliard dollar
Stripe to‘lov tizimiga asos solgan. U o‘z davlatini meros qilib olmasdan, o‘zi ishlab topgan dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi.Bobbi Myorfi
Yoshi: 28
Boyligi: 4 milliard dollar
Qisqa vaqtdan so‘ng o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadigan foto va videoxabarlar bilan ayirboshlash uchun mo‘ljallangan Snapchat messenjeri asoschilaridan biri.Xulio Mario Santo Domingo III
Yoshi: 31
Boyligi: 2,4 milliard dollar
Nyu-yorklik dijey va dunyodagi eng yirik pivo ishlab chiqaruvchilaridan biri — SABMiller kompaniyasi merosxo‘ri.Tom Persson
Yoshi: 32
Boyligi: 2,1 milliard dollar
Arzon kiyim-kechaklar do‘konlari tarmog‘i — H&M’ni yaratgan oilaning uchinchi avlodi vakili.Dryu Xyuston
Yoshi: 34
Boyligi: 1 milliard dollar
Fayllar ayirboshlash servisi — Dropbox bosh direktori. U servisga 2007-yilda o‘z kursdoshi bilan birgalikda asos solgan.Roberto Pera
Yoshi: 39
Boyligi 3 milliard dollar
Pera o‘z karyerasini 2003-yilda Apple’da boshlagan, ammo ikki yil o‘tib, u yerdan ketgan. U 2011-yilda milliarderga aylangan. Ayni paytda unga Ubiquiti Networks simsiz uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya tegishli.Trevis Kalanik
Yoshi: 40
Boyligi: 6,3 milliard dollar
Uber taksi xizmati bosh direktori va ta’sischilaridan biri.Jek Dorsi
Yoshi: 40
Boyligi: 1,3 milliard dollar
Tatuirovkachi tadbirkor Twitter va Square kabi ikkita yirik texnologiya kompaniyalarini boshqaradi.