AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida mamlakat tarixidagi eng yirik mudofaa shartnomasini imzoladi. Bu haqda Oq Uyning rasmiy vakili Shon Spayser Twitter orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Saudiya Arabistoniga 110 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va harbiy uskunalar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
“Saudiya Arabistonida prezident AQSh tarixidagi eng yirik mudofaa shartnomasini imzoladi. 109,7 milliard dollarlik paket bo‘yicha muzokaralarni yakunladi”, — deb yozdi Spayser.
This is huge news for US companies and American workers who will benefit #jobs https://t.co/9RarqOwVAy
— Kayleigh McEnany 45 Archived (@PressSec45) May 20, 2017