Iroq poytaxti Bag‘dod shahri janubida yuz bergan ikki portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 18 nafari jarohat oldi. Bu haqda Al Sumaria telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, birinchi portlash terrorchi bomba bilan jihozlangan avtomobilda asosan shialar istiqomat qiluvchi Abu-Dashir dahasiga kirayotganida, tekshiruv vaqtida sodir bo‘lgan. Ikkinchi xudkush Abu-Dashirdagi politsiya mahkamasi yaqinida mashinani portlatib yubordi.
Bag‘dod viloyati operatsiyalar shtabining qayd etishicha, Iroq razvedkasi tayyorlanayotgan hujumlar haqida xabardor bo‘lgan. Shu munosabat bilan Iroqdagi nazorat-o‘tish punktlarida xavfsizlik kuchaytirilgan edi.
Izoh (0)