“Sog‘liqni yoshlikdan asrash kerak”  degan ibora juda to‘g‘ri aytilgan. Haqiqatan ham keyin pushaymon bo‘lmaslik uchun, salomatlik to‘g‘risida hozirdan qayg‘urish zarur.  Shu jumladan umurtqa haqida ham. Umurtqa bizning tayanch a’zomiz hisoblanadi, u tanamizni tutib turadi va bizga erkin harakat qilishga imkon beradi.

Foto: Reebok

Foto: Reebok

E’tiboringizga umurtqani sog‘lom tutish to‘g‘risida bir necha maslahatlar havola etmoqchimiz.

Qomatingizni tik tutingGavdani to‘g‘ri va tik tutish – bu faqat chiroyli ko‘rinish uchun emas, balki salomatlik uchun ham foydali.  Buni hech qachon unutmang. Hatto siz uyda bo‘lganingizda ham, sizni hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsa ham baribir yelkangizni to‘g‘ri tuting. Qomatingiz chiroyli bo‘lishi uchun qorningizni biroz tortishga va yelkangizni sal orqaga qilishga harakat qiling.  Boshingizni sal ko‘tarinki holatda tuting.

Jismoniy mashqlar to‘g‘risida unutmang Jismoniy mashqlar umurtqa sog‘lom bo‘lishi uchun zarurdir. Har kuni ertalab mashq qilishni unutmang. Shuningdek, siz umurtqa uchun foydali bo‘lgan yoga mashqlari bilan ham shug‘ullansangiz bo‘ladi.

To‘g‘ri ovqatlaning.  Zararli ovqatlarni iste’mol qilish oqibatida umurtqada toksinlar yig‘ilib qolishi mumkin. Bu har xil kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun sog‘lom ovqatlanish tarziga rioya qiling, organizmni toksinlardan tozalashga yordam beruvchi oziq-ovqatlarni ham iste’mol qiling. Ko‘proq meva va sabzavotlar yeng.

Vazningizni me’yorda saqlang. Agar vazningiz me’yordagidan ko‘p bo‘lsa, umurtqangiz ortiqcha og‘irlikdan qiynaladi. Shuning uchun vazningizga e’tibor bering va uni me’yordan oshirmaslikka harakat qiling. Bu borada sizga  jismoniy mashqlar va to‘g‘ri ovqatlanish yordam beradi.

Og‘ir narsalarni ko‘tarmangUmurtqangiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz haddan tashqari og‘ir narsalarni ko‘tarmaslikka harakat qiling. Agar siz og‘ir narsalarni ko‘tarishga majbur bo‘lib qolsangiz, buni to‘g‘ri bajaring.  Og‘ir narsani ko‘tarayotganda gavdangizni to‘g‘ri tuting. Ya’ni, yerdan biron narsani ko‘tarishda, yuk og‘irligi umurtqaga bir xil tushishi uchun o‘tirgan holatda ko‘taring. Buni shoshilmasdan va keskin harakatlarsiz amalga oshiring.

Manba: “Whrussia.ru”