Bir guruh astronomlar Chilining Atakama cho‘lida joylashgan ALMA radioteleskoplar kompleksidan foydalangan holda Fomalgaut yulduzi va uni o‘rab turgan protosayyora gardishining eng batafsil va tiniq suratini olishga muvaffaq bo‘ldi. “Xabbl” teleskopining ma’lumotlaridan foydalanib tayyorlangan kompozitli suratda Fomalgaut “Uzuklar hukmdori”dagi Sauron ko‘ziga o‘xshaydi, deb ma’lum qiladi Meduza.
Yulduz va protosayyoraviy gardish nurlanishi suratda to‘q sariq bilan belgilangan. Fondagi moviy rang “Xabbl”dan olingan.
Markaziy nuqta atrofidagi qorong‘u maydon koronografik niqob bo‘lib, u yulduzdan o‘ta yorug‘ nurni ajratadi. Fomalgaut suratda aslidagiday yorug‘ tasvirlanmagan.
Fomalgaut — tungi osmondagi eng yorug‘ yulduzlardan biri. U Yerdan 25 yorug‘lik yili narida joylashgan. Fomalgautning yoshi 200–300 million yil deb baholanadi, bunda u Quyoshdan 2,3 barobar og‘irroqdir.