O‘zbekiston Telegram’ning onlayn-to‘lovlar xizmatiga biroz kechroq qo‘shiladi

Telegram messenjeri Bot Payments onlayn-to‘lovlar funksiyasini ishga tushirdi, ayni paytda ko‘pchilik operatsiyalarning qo‘llab-quvvatlanishini Amerikaning Stripe kompaniyasi ta’minlamoqda. Bu haqda kompaniya blogiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Stripe — bu hali boshlanishi. Yaqin kunlarda to‘lovlar RazorPay orqali Hindistonda, FlutterWave orqali Nigeriya, Keniya, Gana, Janubiy Afrika va Ugandada hamda PaymentWall orqali 190 dan ziyod mamlakatlarda amalga oshirish uchun ochiq bo‘ladi. Rossiya uchun ‘Yandeks.Dengi’ va Qiwi hamda O‘zbekiston uchun Payme biroz kechroq qo‘shiladi”, — deyiladi xabarda.

To‘lovlar butun dunyo bo‘ylab ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan botlar orqali amalga oshiriladi. Ta’kidlanishicha, messenjer oldi-sotdining ishtirokchisiga aylanmagan holda, xaridorlar, ular tanlagan to‘lov tizimlari va sotuvchilar botlari o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Shu tariqa kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plamaydi yoki tranzaksiyalardan foiz olmaydi.

Bot Payments Apple Pay’ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Yangilanma dasturning Telegram 4.0 dan boshlanadigan yangi versiyalari foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘ladi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing