Bir guruh meksikalik politsiyachi uch nafar qurollangan talonchining hujumiga uchradi. Bu haqda El Universal portali yozmoqda.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Oddiy fuqaro kiyimida bo‘lgan qurolsiz politsiyachilar ijaraga olingan turistik avtobusda Akapulkodan Mexikoga ketayotgan edi — ular dam olish kunini poytaxtda o‘tkazmoqchi edi.

Mashina nosozlik tufayli yo‘l chetida to‘xtadi. Shu palla ularga uch nafar talonchi yaqinlashib, qurol bilan tahdid qilib, yo‘lovchilarni pul va shaxsiy buyumlarni topshirishga majbur etdi. Politsiyachilarning pullari, soatlari, telefon va noutbuklarini olgach, ular avtobus g‘ildiraklarini teshib, voqea joyidan chekindi.

Huquq-tartibot idorasi vakillaridan hech kim ularga qarshilik ko‘rsatmadi. Voqea yuzasidan surishtiruv boshlandi.