Cuba Domadores bilan janglarda g‘olib aniqlanmasa, Uzbek Tigers safida super-og‘ir vaznli bokschi jang qiladi

Ertaga — 20-may kuni WSB doirasida chorak finalning javob janglari bo‘lib o‘tadi. Bunda Uzbek Tigers jamoasi Kubada Cuba Domadores’ga qarshi kurash olib boradi.

Foto: WSB

Foto: WSB

Tomonlarning Samarqand shahrida o‘tgan birinchi to‘qnashuvida o‘zbekistonlik bokschilar 3:2 hisobida zafar quchgandi. Bordi-yu, Kubada mezbonlar shu hisobda ustun kelsa, unda g‘olib “penaltilar seriyasi”da aniqlanadi. Bunda har ikki tomonning super-og‘ir vazndagi bokschilari ringga chiqadi.

“Olamsport” nashri ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi safida Mirzobek Hasanov ham Kubaga yo‘l olgan. U hisob kubaliklar foydasiga 3:2 bo‘lganidagina jamoasini navbatdagi bosqichga olib chiqish uchun ringga chiqib keladi.

Cuba Domadores — Uzbek Tigers

-52 kg: Veytia Uosbanu — Jasur Latipov
-60 kg: Astrada Alvares — Elnur Abduraimov
-69 kg: Roniyel Iglesias — Shaxram G‘iyosov
-81 kg: Julio La Kruz — Bektemir Meliqo‘ziyev
+91 kg: Gomes Larduyet — Bahodir Jalolov

Super-og‘ir vazn
Yandri Toirak — Mirzobek Hasanov

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing